Soliq ·
Soliq tekshiruviga qanday tayyorlanish kerak?
Tekshiruvdan oldin ko'rib chiqish kerak bo'lgan asosiy hujjatlar va hisoblar.
Soliq tekshiruvi kutilmaganda boshlanishi mumkin. Oldindan tayyorgarlik ko’rish jarimalar xavfini sezilarli kamaytiradi.
Tekshirib qo’yish kerak bo’lgan asosiy jihatlar:
- elektron hisob-fakturalar buxgalteriya yozuvlari bilan mos kelishi;
- kontragentlar bilan solishtirma dalolatnomalar;
- kassa va bank operatsiyalarining hujjatlar bilan tasdiqlanganligi;
- ish haqi va undan ushlangan soliqlarning to’g’riligi;
- asosiy vositalar va tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi.
ABR-CONSULTING tekshiruvdan oldin ekspress-audit o’tkazib, xatolarni oldindan aniqlashga yordam beradi.